⚛️  ILMIY SEMINARGA TAKLIF! class=

🔬 Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarda «Farmatsevtik texnologiya» kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Ramazonova Kamola Ramazon qizining 15.00.01 – Dori texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

🕸 Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida muhim uchrashuv! class=

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ZOOM platformasi orqali Italiyaning nufuzli Cagliari universiteti professori Prof. Simola tomonidan ilmiy leksiya o‘tkazildi.

📚 Ma’rifat – jamiyat ma’naviy yuksalishining poydevori class=

📚Ma’rifat — jamiyatni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim omil, insonlarni birlashtiradigan umuminsoniy va milliy qadriyatlar manbaidir. Shu bois so‘nggi uch yil davomida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

“Imon va ma'rifat yoshlar qalbining nuridir” class=

Bugun Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir muvaffaqiyatli o'tkazildi.

"Ustozlar — yurt faxri, millat iftixori!" class=

Jamiyat taraqqiyoti va ravnaqi, avvalo, yosh avlod tarbiyasiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida, ustoz va murabbiylar zimmasiga beqiyos mas’uliyat yuklaydi. Shu bois ham xalqimiz bejizga: "Ustozi ulug‘ yurt — kelajagi porloq yurt", deb bekorga aytmagan.

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti talabalarining xalqaro amaliyotlarda ishtirok etishi — akademik mobillik sari muhim qadam class=

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida talabalarning xorijda amaliyot o'tashlari, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganishlari va xalqaro akademik muhitda bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi class=

Bugungi kun — Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutining 1-bosqich talabalari uchun alohida hayajonli va unutilmas kun bo'ldi. Sababi, ular uchun yangi, mas'uliyatli va ilmiy faol hayotning boshlanishi sanaladigan — 2025/2026 o'quv yili aynan shu kunda boshlandi.

Institutimiz talabasi innovatsion oromgohda faol ishtirok etdi class=

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining "Sanoat farmatsiyasi" yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Fayoza Abduxalimova ilk bor yosh tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan Innovatsion yozgi oromgohda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va o‘z ilmiy loyihasini taqdim etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida muhim tashrif class=

Joriy yilning 15 avgust kuni Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga Xitoyning Kunming tibbiyot universiteti (Kunming Medical University) rahbariyati tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut ma’muriyati iliq qarshi oldi hamda samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Samuqjonova Saodatxon "ZIYOLILAR. TALABA" loyihasi g'olibi bo'ldi class=

2025 yilning 5-avgust kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ziyo Forum fondi hamkorligida tashkil etilgan "ZIYOLILAR. TALABA" loyihasida "Farmatsiya" yo'nalishi 4-bosqich talabasi SAMUQJONOVA SAODATXON 4000 dan ortiq nomzod orasidan saralangan 100 nafar iqtidorli talabalar safidan o'rin oldi.

28-iyul Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti uchun tarixiy va hayajonli kun bo'ldi. class=

Shu kuni bitiruvchilarimiz uchinchi bor magistrlik unvoniga sazovor bo'lishgan bo'lsa, bakalavriyat bosqichida ilk qaldirg'ochlarimiz uchirma bo'ldi.