Yana bir xalqaro yutuq — FTTI talabasi Madridda!

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti Farmatsiya yo‘nalishi  talabasi Saodat Samukjonova ilmiy rahbari Farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ramazonova Kamola Ramazon qizi boshchiligida tayyorlagan  "AmnioTest" loyihasi bilan nufuzli "PizzaPitch Women" tanlovida g'olib bo'lgan edi.

Aynan ushbu muvaffaqiyat unga Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan South Summit 2026 xalqaro startap sammitida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi.

Sammit davomida Saodat dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan investorlar, startap asoschilari va xalqaro ekspertlar bilan uchrashib, sun’iy intellekt, innovatsiyalar, marketing, brending hamda startaplarni global bozorlarga olib chiqish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.

Bu yutuq nafaqat Saodatning, balki Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari innovatsion g‘oyalari xalqaro maydonda ham munosib e'tirof etilayotganining yana bir yorqin isbotidir.

Saodat Samukjonovani ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy hamda innovatsion faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

 

TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!