Bizning vazifamiz
FARMATSЕVTIKA TA'LIM VA TADQIQOT INSTITUTINING FAOLIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI
- Farmatsevtika tarmog'i real sektorlari extiyojlarini xisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash;
- Kadrlarni tayyorlash, ta'lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini ta'minlashda ilg'or xorijiy tajribalarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o'quv jarayoniga malakali xorijiy, xorijda taxsil olgan va malaka oshirgan maxalliy mutaxassislarni jalb qilish;
- Dori vositalari, tibbiyot buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, klinik farmatsiya, kosmetologiya, biotexnologiya, standartizatsiya, sifatni ta'minlash, tarmoq va biznesni boshqarish soxalarida xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq malakali kadrlarni tayyorlash;
- Xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilg'or tajribalarini tatbiq etish asosida malaka talablari, o'quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o'quv va ilmiy-uslubiy ta'minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy qilish;
- Amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini ruyobga chiqarish uchun zamonaviy o'quv innovatsion laboratoriyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari, xalqaro tizimga integratsiyalashgan klinik oldi tadqiqot laboratoriyalari, vivariy, pitomniklar bazasini shakllantirish;
- Amaliyotning ilg'or texnologiyalari va innovatsion ta'lim uzluksizligi va izchilligi tamoyili hamda xalqaro ta'lim tizimi integratsiyasi asosida soxa mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
- Mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish istiqbollari, soxa va mehnat bozori extiyojlarini inobatga olgan xolda, xalqaro o'qitish dasturlariga muvofiq yangi bakalavriat yo'nalishlari, magistratura mutaxassisliklarini ochish.