Talabalarni kutib olish nutqi

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutiga xush kelibsiz!
 
Ushbu veb-sayt orqali siz Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti  to'g'risida kerakli axborotga ega bo'lasiz va bu ma'lumotlar sizga qiziqarli bo'lish bilan birgalikda amalda foyda keltirishiga umid qilaman.
 
Har bir inson uchun bo'lajak kasbi va unga tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasasini tanlash hayotidagi muhim qadam hisoblanadi. Yoshlarning iqtidori, kasbiy mahoratining o'sishi, o'zini malakali mutaxassis sifatida namoyon qilishi oliy ta'lim muassasasida olgan bilim sifatiga bog'liq.
 
Bizning faoliyatimiz halqimiz salomatligini  saqlash, aholini sifatli dori vositalari bilan ta'minlash maqsadida yuqori malakali farmatsevt kadrlarni tayyorlashga yo'naltirilgan. FTTI yaqinda faoliyat yuritishni boshlaganiga qaramay, bakalavriat va magistratura talabalariga, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga farmatsevtika sohasiga doir eng yangi bilimlarni berib kelmoqda.
 
Jamoamiz uchun o'qitishning sifati juda muhimdir, shuning uchun yetkazilayotgan axborotning dolzarbligi va taqdim etilayotgan bilimlarni dunyoning rivojlangan mamlakatlari o'quv rejalariga mosligiga, ta'lim jarayonini ilmiy faoliyat bilan uyg'unlikda olib borishga katta ahamiyat beriladi. Bunga nafaqat professor-o'qituvchilarimizning yuqori salohiyati, shuningdek, o'quv va ilmiy-tadqiqot bazalarimizning a'lo darajada texnik jihozlanganligi hamda zamonaviy uskunalar bilan ta'minlanganligi orqali erishilmoqda.
 
FTTIda talabalarining nafaqat kasbiy tayyorgarligi, balki shaxsning barkamol rivojlanishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ularning xuquqiy ongini o'stirish hamda madaniyat, sport va boshqa jabhalarda o'zlarining iqtidori va qobiliyatlarini namoyon qilishlariga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga katta e'tibor qaratiladi.
 
Muayyan bilimlarni taqdim etishdan tashqari, biz tinglovchilarni farmatsevtika sohasidagi uzluksiz ta'lim - diplomdan keyingi ta'limning muhim jihati ekanligiga ishontirishga va amaliyotda ularga ko'maklashishga harakat qilamiz.
 
Sizning istaklaringiz, mulohazalaringiz va takliflaringiz jamoamiz ishini takomillashtirishga yordam beradi va minnatdorlik bilan qabul qilinadi. Farmatsevtika olami yangiliklari, sir asrorlaridan boxabar bo'lishni istasangiz biz sizni safimizga taklif qilamiz.
 
FTTI rektori Dusmatov Aziz Fayzamatovich