Talabalar uyushmasi

Volontyorlik haqida
 
Volontyorlik - bu boshqalarni o'ylovchi,ularning baxt-saodati, manfaati uchun fidokorona xizmat qiluvchi, shu ,bilan birgalikda ixtiyoriy, beminnat, beg'araz, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs hisoblanadi. Shuningdek, u Siz kabi faol, quvnoq, oq ko'ngil, mehribon, e'tiborli, maktab o'quvchisi, talaba, yoki oddiy ishchi bo'lishi mumkin, ya'ni unday inson (ko'ngillilik)lar uchun "yordam" so'zi nafaqat bebaho, balki alohida ma'no hamda ahamiyatga egadir.
 
Volontyorlik faqatgina qog'ozda mavjud bo'lgan oddiy loyixa emas. Bu nafaqat turli shaharlardan, balki turli mamlakatlardan va butun qit'alardan odamlarni birlashtiradigan, dunyo miqyosidagi eng yirik ijtimoiy loyihalardandir. Xalqaro forumlar, almashinuv dasturlari, chempionatlar, sammitlar, Olimpiadalar va boshqa minglab loyihalar dunyo boylab ezgulik yo'lini tanlagan insonlar sonini ko'paytirmoqda.
 
FTTI talabalarining volontyorlik harakati
 
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish va volontyorlik faoliyati” volontyorlik harakati boshlangan. Harakat  talaba yoshlar orasida volontyorlik faoliyatini targ'ib qilishga qaratilgan. Shu harakatni talaba yoshlar orasida targ'ib qilish maqsadida “Oltin qanot” volontyorlari akademiyasining rahbari San'atbek Muzaffarov o'zining mualliflik treningi bilan FTTIga tashrif buyurdi. Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, San'atbek Muzaffarovning ushbu dasturi ijtimoiy faollikdan iborat bo'lib, insonlarning egzu amallarni ixtiyoriy ravishda bajarishi, yordamga muhtoj hamda imkoniyati cheklanganlarga beminnat yordam berishga qaratilgan. Kechada muallif bo'lajak farmatsevtlarni  ko'ngillilar qatoriga qo'shilishga va yaxshilik qilishga  chaqirdi. FTTIning 1-bosqich 102B guruhi talabasi Ma'rufjon Dilmurodovning “Volontyorlar kim?” mavzusidagi taqdimoti yig'ilganlarga ushbu ijtimoiy faoliyat haqida atroflicha ma'lumot berdi. Shundan so'ng, talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.  Umid qilamizki, bu kabi uchrashuvlar “Oltin qanot” volontyorlari kabi ezgu va xayrli ishlarni amalga oshirayotgan ko'ngillilar safini yanada kengayishiga xizmat qiladi.
 
 
 
 
 
Talabalar ilmiy jamiyati
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli “Respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi farmoni, 2017-2021-yillarga mo'ljallangan “Harakatlar strategiyasi”  va 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ – 2909-son”, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ – 3151-son, 2018-yil  5-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ – 3775 - son qarorlari,  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O'zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'risida”gi 226-sonli qarori hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiining 2018-yil 24 avgustdagi 18-2018-sonli qo'shma qarorlari va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 29-avgustdagi 781-sonli “Oliy ta'lim muassasalari talabalari orasida ilm-fan vakillari seleksiyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar to'g'risida”gi buyrug'i shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ – 4433-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Farmatsetika ta'lim va tadqiqot institutida Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) tashkil qilindi.
 
Talabalar ilmiy jamiyatining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
 
Iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e'tiborga olgan holda aniqlash, tanlash maqsadida saralash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
 
Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko'maklashish, talaba va stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
 
Ilmiy faoliyatga qiziqqan, mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni “Ustoz-shogird” tizimida salohiyatli professor-o'qituvchilarga biriktirish; 
 
Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo'lib bajarishga o'rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
 
Iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatidan davriy ravishda xabardor bo'lib borish;
 
“Eng yaxshi mustaqil ish”, “Eng yaxshi ijodiy yondashuv”, “Eng yaxshi innovatsion g'oya”, “Innovatsion ta'lim”, “Yil talabasi” kabi loyihaviy tanlovlar nominatsiyalariga Talabalarni jalb etish orqali talabalarda mustaqil ta'lim olishni rivojlantirish;
 
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sektori bilan hamkorlikda, turli soha vakillarini jalb qilgan holda, masterklasslar tashkil etish;
 
Iqtidorli talabalarning ilmiy maqola va tezislarini Respublika va xorijiy davlatlarning jurnallarida e'lon qildirilishiga ko'maklashish;
 
Matbuot kotibi bilan hamkorlikda Iqtidorli talablarning ilmiy izlanishlari hamda, erishgan yutuqlari to'g'risida ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish;
 
Respublika va xorijiy olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo'yicha ilmiy seminar, konferensiya va anjumanlar to'g'risida e'lon berib borish va ularning ishtirokini ta'minlash;
 
Respublika miqyosidagi  tanlovlarning OTM bosqichini o'tkazish;
 
Yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarini keng targ'ib etish va ularning ongida barkamol shaxs idealini shakllantirish orqali zamonamiz qahramonlarini kamol toptirish;
 
 
 
Iqtidorli talabalar bilan doimiy fikr almashish, takliflarini qo'llab-quvvatlash.