Dastur spetsifikatsiyasi

Farmatsiya
 
Mamlakatimiz axolisiga farmatsevtik yordam ko'rsatish, iste'molchilarning dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshka farmatsevtika maxsulotlariga bulgan extiyojini aniklash va talablarini kondirish, turli mulkchilik shakllaridagi dorixonalarda farmatsevtlar ishini tashkillashtirish zamonaviy farmatsevtika tizimida muxim urin tutadi.
 
Sohaning dori vositalarining sifat nazorati, standartizatsiyasi, farmatsevtik texnologiya, farmakologiya, toksikologiya, mikrobiologiya, farmatsevtika ishini tashkil qilish fanlarini real amaliyot sharoitlarida, muammolar yechimiga qaratilgan rejalar asosida olib borilishi bugungi kun buyurtmachilari talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
 
Ta'lim turi – kunduzgi, davomiyligi – 5 yil
 
Shartnoma to'lovi (bir akademik semestr uchun ) - 14 500 000 so'm
 
 
 
Sanoat farmatsiyasi
 
Аholini sifatli xamda bezarar, jaxon standartlari talablariga javob beradigan dori vositalari bilan ta'minlash, dori vositalarini ishlab chikarish zamonaviy farmatsevtika tizimining eng muxim ustuvor vazifalaridan biridir. Bugungi kunda dori vositalarini ishlab chikarishni maxalliylashtirish tadbirlarida farmatsevtik ishlab chikarish liniya va texnologik jarayonlari, kosmetik va parfyumeriya vositalari ishlab chikarish korxonalari, biologik ob'ektlarni kayta ishlash va ulardan biofaol moddalarni ajratish, biotexnologik va nazorat-analitik laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish talab etilib, unda bevosita Sanoat farmatsiya (turlari buyicha) ta'lim yunalish buyicha mutaxassis -farmatsevt-texnologlarning ishtiroki zarur.
 
Sohaning dori vositalarining sifat nazorati, standartizatsiya, dorilarning sanoat texnologiyasi, farmakologiya, toksikologiya, mikrobiologiya, ishlab chiqarish menejmenti fanlarini real amaliyot sharoitlarida, muammolar yechimiga qaratilgan rejalar asosida olib borilishi bugungi kun buyurtmachilari talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkonini beradi. 
 
 Ta'lim turi – kunduzgi, davomiyligi – 4 yil
 
 Shartnoma to'lovi (bir akademik semestr uchun 13 000 000 so'm)
 
 
 
Magistratura
 
Magistraturada ta'lim jarayoni bevosita farmatsevtika sohasining tajribali va yetakchi mutaxassislari hamda yuqori saloxiyatli professorlar ishtirokida tashkil etiladi. Magistratura talabalarining ilmiy faoliyati innovatsion texnologiya va zamonaviy jixozlarni qo'llash asosida ularning istiqbolli tadqiqot ishlari bilan (PhD) uzviy bog'liqlikda olib boriladi.