Axborot-resurs markazi

Farmasevtika ta'lim va tadqiqot institutidagi Axborot-resurs markazining maqsad va vazifalari
 
1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta'lim olishiga ko'maklashish.
 
2. Milliy, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni keng targ'ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan baxramand bo'lishni ta'minlash, ma'naviy boy va uyg'un kamol topgan shaxsning ijodiy usishi uchun imkoniyatlar yaratish.
 
3. Ta'lim muassasasi soxasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo'lgan extiyojlariga muvofiq Axborot-resurs markazi fondini shakllantirish, ma'lumotlar bazasini, elektron kataloglarni tashkil etish va yuritish.
 
4. Axborot-resurs markazini zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlash asosida xizmat ko'rsatishsifatini oshirish.
 
5. Foydalanuvchilarni asosiy axborot-kutubxona xizmatlari bilan bepul ta'minlash.
 
Axborot-resurs markazi fondi tarkibi to'g'risida to'liq axborot berish;
 
Matbaa asarlari va boshqa xujjatlarni qidirish va tanlashda maslaxat berish;
 
-Foydalanuvchilar, raxbariyat, professor-o'qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va doktorantlarning axborotlarga bo'lgan extiyojini ta'minlash.
 
-Toshkent shaxridagi Farmasevtika Ta'lim va Tadqiqot instituti Axborot-resurs markazi tarkibi:
 
-Toshkent shaxridagi Farmasevtika Ta'lim va Tadqiqot instituti Axborot-resurs markazining jami fondi 881 tani tashkil etib, shundan:
 
277 ta  o'quv darsliklari;
 
132 ta o'quv qo'llanmalari;
 
127 ta ensiklopediya va ensiklopedik lug'atlar;
 
25 ta qo'llanma;
 
45 ta Tib qonunlari kitobi;
 
36 ta Normativ-xuquqiy xujjatlar;
 
197 ta fanlar ichida qo'shimcha adabiyotlar;
 
42 ta badiiy adabiyotlar mavjud.