Ilmiy bo'lim

FTTI professor o'qituvchilarining monografiyalari va original preparatlariga olingan patentlari
 
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti  hodimlari tomonidan bir nechta original dori vositalari va biologik faol qo'shimchalar texnologiyalari ishlab chiqilib, sanoat miqyosiga joriy etilgan ( “Piratsin”, “Nigeprost”,  “Nigelit”, “Kurmufer” va b.) hamda ularga O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentlidan ixtiro uchun patentlar olingan.
 
Hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo'lgan - koronavirus infeksiyasiga qarshi vositalar yaratish borasida  institut olimlari tomonidan  original “Antikovir” kapsula dori turi yaratildi. Taklif etilayotgan koronavirusga qarshi  vosita yuqumli kasalliklar bo'yicha Zangiota ixtisoslashtirilgan ko'p tarmoqli kasalxonalarida klinik tadqiqotlari yakunlanib, Farmakologiya va Farmakopeya qo'mitalarining ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha  ijobiy hulosalari olindi.  
 
Institutning ta'lim va tadqiqot ishlariga fan va amaliyotni salohiyatli professor-o'qituvchilari, xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta'lim va tibbiyot muassasalarida tahsil olgan va malaka oshirgan vatandosh ekspertlar hamda sohaning yetakchi mutaxassislari jalb etilgan bo'lib, bugungi kunda  institut ilmiy  salohiyati 70% ni tashkil etadi. Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti professor-o'qituvchilarining ilmiy izlanish natijalari xalqaro indeksatsiyalangan saloxiyatli ilmiy jurnallarda chop etilmoqda.