Salom, yangi talaba!
Nihoyat, siz kutgan kun ham yaqinlashdi!
🗓 21 sentabr kuni
⏰ soat 08:00 da sizlarni
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bo‘lib o‘tadigan yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimida kutamiz.
Ishoning, bu kun talabalik hayotingizning eng unutilmas kunlaridan biri bo‘ladi. Yangi do‘stlar, yangi maqsadlar va katta orzular aynan shu yerdan boshlanadi.
Eng muhimi, bu quvonchli lahzani ota-onangiz bilan ham baham ko‘rishingiz mumkin. Ularni ham marosimga taklif etamiz.
😎 21 sentabr, soat 08:00. Uchrashguncha!
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!