Seminarga Xalqaro “ANTIK DUNYo” va “TURON” fanlar akademiyalarining akademigi professor Jumaniyozov Rahimboy Matkarimovich taklif etildi.

Ana shu fursatdan foydalanib, professor-o‘qituvchilarning malakalarini yanada oshirish, ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik ta’lim texnologiyalarini qo‘llash maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Kengash avvalida institut rektori, kengash raisi A.F.Do‘stmatov jamoani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Farmatsevtika talim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish va ularni unvonlarga tavsiya qilish uchun ruxsat berilgani bilan tabrikladi va dotsentlik ilmiy unvoniga tavisya etilayotgan ilk nomzodni e’lon qildi. Institutning “Noorganik, fizik-kolloid kimyo kafedrasi” mudiri, kimyo fanlari nomzodi A.J.Do‘stmatova nomzodi ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullandi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “innotexnopark” binosida Хitoy universitetlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Ko‘rgazmaga Xitoyning 40 dan ortiq universitetlari rektor hamda prorektorlari, ma’sul xodimdar tashrif buyurgan.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor ~o‘qituvchilari, talabalari barcha yurtdoshlarimizni 10-dekabr - O‘zbekiston respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan chin dildan tabriklaydi!

Farmatsevtika talim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish va ularni unvonlarga tavsiya qilish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ruxsat olindi.