“Ma’naviy barkamol yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori,” deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi 3-ilmiy anjumani

Ertaga, 2024 yilning 15 may kuni  Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Ma’naviy barkamol yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori,” deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi  3-ilmiy anjumani o‘z ishini boshlaydi.

Anjumanda FTTI ning o‘nlab iqtidorli talabalari qatorida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti , Alfraganus universisteti, Toshkent amaliy fanlar universiteti, EMU universiteti, Toshkent farmasevtika instituti, TDTU Olmaliq filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi, shuningdek Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishadi.

Jami 130 ta ma’ruzachi qatnashishi kutilmoqda, ma’ruzalar bevosita hamda onlayn tarzda ham tinglanadi.

Shuningdek, tadbirni onlayn kuzatib borish imkoni mavjud.

Anjuman oltita:

-         Kimyo fanlari bo‘limi;

-         Dori vositalarining sanoat texnologiyasi va dori turlari texnologiyasi bo‘limi;

-         Tibbiy-biologik fanlar bo‘limi;

-         Farmasevtika ishini tashkil qilish bo‘limi;

-         Farmakognoziya bo‘limi;

-         Ijtimoiy fanlar bo‘limi

sho‘balarida faoliyat olib boradi.

Har bir sho‘bada rais, kotib va ilmiy rahbar mavzuga xos ma’ruzalarni tinglaydi va baholab boradi.

Anjuman qatnashchilariga sertifikat  taqdim etiladi. Shuningdek, eng dolzarb va mukammal ishlangan ilmiy ishlanmalar mualliflari 1-, 2-, 3-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadi. 

Anjumanning asosiy maqsadi iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish samaradorligini oshirish va bu boradagi muammolar yechimini topish hamda  ijobiy natijalarni birgalikda tahlil etish va amaliy tavsiyalarini jamlash, ular bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar tizimini shakllantirishdan iborat. 

Anjumanning asosiy vazifasi  institutda qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash va ularning ilmiy iqtidorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.  

 

3-Ilmiy anjuman dasturi

3-Ilmiy anjuman maqolalar to'plami