
70910701 - Farmasevtik kimyo va farmakognoziya

70910702 - Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish

70910703 - Eksperimental va sport farmakologiya


70910104 - Dorivor vositalar va preparatlar texnologiyasi

Umumiy ma'lumotlar
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 2909-son”, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayѐrlash sifatini oshirishda iqtisodiѐt sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 3151-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilaѐtgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 3775 - son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmasevtika ta’lim va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 6-may PQ-4310 qarorida belgilangan vazifalar hamda farmatsevtika sohasida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini yanada rivojlantirish maqsadida, hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2 martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi nizom” 36-sonli qaroriga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etish maqsadida Farmasevtika ta’lim va tadqiqot institutida magistratura yo‘nalishlari tashkil qilindi:
70910702 - Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish
70910703 - Eksperimental va sport farmakologiya
70910802 - Dorilarni sanoat texnologiyasi
70910104 - Dorivor vositalar va preparatlar texnologiyasi
70910701 -Farmasevtik kimyo va farmakognoziya sohasidagi mutaxasisning
Magistratura bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- Institut magistratura ishini boshqaradi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini tashkil qiladi;
- Zamon talablariga muvofiq ravishda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi;
- Magistratura mutaxassislik kafedralari o‘quv jarayonini tashkil qilishning reydlar asosida tekshiradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar, kafedra mudirlari e’tiboriga havola etiladi;
- Magistratura mutaxassisliklariga tegishli fakultetlar va kafedralardan professor-o‘qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi;
- Magistrlarning O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan qoida asosida pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
- Magistrantlar ilmiy pedagogik faoliyatini tashkillashtirish va ularni o‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv yordamchi tarkibning yig‘ilishini o‘tkazishni tashkil qiladi;
- Institutni bitirgan magistrlar ishga taqsimlash va ishga yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etishni tashkil qiladi.
