“Ma’naviy barkamol yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori,” deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi 3-ilmiy ...
Anjumanga oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov tashrif buyurdi. Vazir o‘rinbosari institut rektori Do‘stmatov Aziz Fayzamatovich hamda birinchi prorektor Umarova Shahnoz Ziyatovna boshchiligida o‘quv binosi, farmatsiya - innovatsiya markazi bilan tanishdi. Anjuman ochilish marosimida ishtirok etib, yosh olimlarga omad tiladi.
Anjumanda FTTI ning o‘nlab iqtidorli talabalari qatorida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti , Alfraganus universisteti, Toshkent amaliy fanlar universiteti, EMU universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti, TDTU Olmaliq filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi, shuningdek Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
Jami 100 dan ortiq iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalarini bevosita hamda onlayn tarzda taqdimot qilishdi.
Qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tgan ilmiy-amaliy anjuman yakunlandi.
G‘olib ishtirokchilarni institut ilmiy maslahatchisi Ahmadxo‘ja Nig‘monovich Yunusxo‘jaev tabriklab, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirdi.