"MA'RIFAT ULASHIB" (3-mavsum)
Joriy yilning 19 dekabr sanasida, Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga adabiyotshunos, navoiyshunos, filologiya fanlari nomzodi Sultonmurod Olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Salim Ashur, taniqli hajvchi, shoir va yozuvchi Abdurazzoq Obro‘y tashrif buyurdi.
Yurtimizning barcha oliy ta’lim maskanlarida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” tadbiri Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ham davom etdi.
Ertalabdan institutga tashrif buyurgan mehmonlarni institut jamoasi hamda talabalar iliq qarshi oldi.
Adiblarimiz bilan suhbatlashishga intiq bo‘lib turgan talabalar bilan davra suhbatlari tashkil etildi.
Talabalar shoirlarimiz qalamlariga mansub she’rlardan yod olishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Samimiy o‘tgan davra suhbatida mehmonlarimiz ham yoshlarga yetkazish uchun dillarida tugib yurgan o‘gitlarni aytishdi, o‘zlarining bolalik, yoshlik davrlarini eslashdi.
Abdurazzoq Obro‘y suhbat avvalida ustoz shoir Abdulla Oripovni xotirlab, shoir bilan bog‘liq voqealarni so‘zladi. Hamid Olimjon, Abdulla Oripov she’rlaridan namunalar o‘qidi.
Mehmonlarimiz Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ilmiy maslahatchisi professor A.N.Yunusxo‘jaev bilan ham uchrashib, yurtimiz ravnaqi, yosh avlodni malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashishdi.
Shundan institut o‘quv binosidagi laboratoriyalar, ma’ruza xonalarni aylanishdi, farmatsiya-innovatsiya markazi laboratoriyalaridagi mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.
Tadbir doirasida adiblarimiz Yunusobod tumanidagi 122–umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan ham uchrashdilar. O‘quvchilar bilan o‘tgan davra suhbati ham qiziqarli va samimiy o‘tdi. Faollar zalida jam bo‘lgan bolajonlar shoirlar qalamiga mansub she’rlardan yod olishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Tadbir doirasida adiblarimiz institut sport zali hamda talabalar turar joyida ham bo‘lib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishishdi.
Mehmonlarimiz: "Biz talabalik vaqtimizda shu imkoniyatlar bo‘lgandamidi... Yana yoshlikka qaytib shunday sharoitlarda o‘qigimiz keldi,- deya taassurotlarini izhor etishdi. Talabalarga bunday imkoniyatlardan foydalanib, faqat a'lo baholarga o‘qish kerakligini ta'kidlashdi.
Tadbir yakunida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Salim Ashur, taniqli hajvchi, shoir va yozuvchi Abdurazzoq Obro‘y institut faollar zalida jam bo‘lgan talabalarimiz bilan ham uchrashdilar.
Adiblar yoshlarning mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli zalvorli ekanligini ta’kidlashdi.
O‘z she’rlaridan, taniqli shoirlarimiz ijodlaridan namunalar aytishdi.
Professor-o‘qituvchilar, talabalar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Yurtimizning taniqli adiblari bilan o‘tgan bugungi kun talabalarimiz qalbida iliq taassurotlar ila muhrlanib qolishiga ishonamiz. Samimiy davra suhbatlarida aytilgan nasihat va o‘gitlar yoshlarimizning hayot yo‘llarida mash’ala bo‘lishiga umid qilamiz.
Eng muhimi bu kabi tadbirlar yosh kitobxonlar soni oshishiga xizmat qiladi.