“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligida Farmatsevtika Ta'lim va tadqiqot instituti talabasi O'rinova Dilnoza ilmiy startaplar C.A.T accelator 5.0 mavsumdagi faol ishtiroki hamda “Shilliqurt ekstrakti asosida yuz kremi ishlab chiqish” loyihasi uchun qo’lga kiritgan g’alabasi sabab Oliy talim, fan va Innovatsiyalar vazirligi qoshida ochilgan Ilg'or texnologiyalar markazi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida  21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining zamonaviy o‘quv binosi, undagi o‘quv va ilmiy jarayonlar uchun mavjud shart-sharoitlar xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bir qator kompaniyalar vakillari institut bilan yaqindan tanishish, barcha imkoniyatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish hamda kelajakda hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida institutga tashrif buyurmoqda.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institituti imkoniyatlariga xorijiy hamkorlarning qiziqishi tobora ortib bormoqda.

Hindistonning "Blue Pen Education Consultant PVT, LTD" ma’suliyati cheklangan jamiyati bilan institut doirasida hamkorlik aloqalarini shakllantirish hamda o‘quv jarayonlariga xorijlik talabalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borganini ma’lum qilgan edik.

Rektor maslahatchisi Obilov Z.M, dekan Nurmuhammedov A.A. va boshqalar ishtirokida o‘tgan ushbu tadbirda yig‘ilganlarni yana bir bor “Talabalar turar joylarining Nizomi hamda Ichki tartib-qoidalari” bilan tanishtirildi.