INSTITUT TERMA JAMOASIDAN YANA BIR YANGILIK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7- apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-son Qarori hamda Oliy ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Futbol Assositsiyasi hamkoriligida olib borilayotgan chora-tadbirlar talablarini bajarish maqsadida, joriy yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi bazasida Akademiya kursantlari hamda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalaridan tashkil topgan terma jamolar o‘rtasida sportning ⚽️ “MINI FUTBOL” turidan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi, ya’ni bellashuvda jangovar durang AKADEMIYa – FTTI 4 : 4 natijasiga erishildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi nomiga mos ravishda do‘stona – o‘rtoqlik – hurmat ruhida o‘tkazildi.

Uchrashuvda, Akademiya bazasida uzoq yillardan buyon, faoliyat yuritib kelayotgan, chin ma’noda shakllangan futbol jamoasiga qarshi, Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalaridan tashkil topgan nisbatan yosh futbol terma jamoasi ishonchli va o‘z kuchiga ishongan holda harakat qilganligi barchamizni quvontiradi albatta. 

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishimiz lozim-ki, institutmiz mini futbol terma jamoasi sardori 3-bosqich talabasi Mardon Mavlonovning bellashuv davomida ko‘rsatgan tashabbuskorligi, topqirligi, jamoadoshlariga namunasi hamda boshqaruvchilik qobiliyati jamoa ko‘rsatgan natijaga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 

Institut jamoasining ushbu natijaga erishishiga, terma jamoa darbozaboni 3-bosqich talabasi Dilshod Tolipovning, terma jamoa hujumchisi 2-bosqich talabasi Abduvohid Homidovning, terma jamoa hujumchisi 2-bosqich talabasi Mohirjon Abdusattorovning, terma jamoa himoyachisi 2-bosqich talabasi Samandar O‘lmasovning, terma jamoa himoyachisi 2-bosqich talabasi Adham Nazirg‘ulomovning hamda terma jamoa yarim himoyachisi 3-bosqich talabasi Dovut Saloxiddinovlarning hissasi katta bo‘lganligini ma’mnuniyat bilan ta’kidlaymiz.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti terma jamoasiga kelgusi musobaqalarda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!!!!!

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!