HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 

Hindistonning "Blue Pen Education Consultant PVT, LTD" ma’suliyati cheklangan jamiyati bilan institut doirasida hamkorlik aloqalarini  shakllantirish hamda o‘quv jarayonlariga xorijlik talabalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borganini ma’lum qilgan edik.

Bugun Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ma’muriyati hamda "Blue Pen Education Consultant PVT, LTD" ma’suliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan ochiq muzokara bo‘lib o‘tdi. 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti rektori A.F. Do‘smatov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Z.Umarova, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor K.Q. Ismoilov, dekan A. A. Nurmuhammedov, xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari A.A. Rahimov, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri V. B. Rasulova   "Blue Pen Education Consultant PVT, LTD" ma’suliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi M. Adrees va rahbari Mohd Yunus bilan hamkorlik borasida bir qator masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.  

Davra suhbati davomida hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli ekanligi ta’kidlab o‘tildi. 

Uchrashuv so‘ngida Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti rektori A.F. Do‘smatov hamda "Blue Pen Education Consultant PVT, LTD" ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari Mohd Yunus o'quv jarayoniga horijiy talabalarni jalb etish bo'yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.