Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yigitlar bilan davra suhbati tashkillashtirildi.
Rektor maslahatchisi Obilov Z.M, dekan Nurmuhammedov A.A. va boshqalar ishtirokida o‘tgan ushbu tadbirda yig‘ilganlarni yana bir bor “Talabalar turar joylarining Nizomi hamda Ichki tartib-qoidalari” bilan tanishtirildi.
Shuningdek, “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash, internet tarmoqlaridan unumli va samarali foydalanish haqida uqtirildi. Mintalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan, ekstremistik ruhdagi ma’lumotlarni saralay olish lozimligi, har bir kishining qat’iy hayotiy pozitsiyasi bo‘lishi muhimligi, erkin fikr yuritish orqali o‘z kelajagini poydevorini hozirdanoq mustahkam tiklash ahamiyatli ekanligi borasida tavsiyalar berildi.
Institutning Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashikloti yetakchisi Dilmurodov Ma'rufjon besh tashabbus doirasida tashkil etilayotgan tanlov va musobaqalar haqida ma’lumot berib, talabalarni ularda faol ishtirok etishga chorladi.