XALQARO ALOQALAR RIVOJLANMOQDA
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institituti imkoniyatlariga xorijiy hamkorlarning qiziqishi tobora ortib bormoqda.
Kuni kecha institutga "Proxima Research" xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari vakolatxona rahbari Vitaliy Kim va Prodakt menedjer Tatyana Draga tashrif buyurdi.
Ushbu tashkilot faoliyat boshlaganiga 20 yildan ortdi. Shu davr mobaynida "Proxima Research" o‘z mijozlariga eng yuqori sifatli farmatsevtik bozor ma’lumotlari, ma’lumotlar bazasini boshqarish, ko‘p kanalli marketing, biznes yechimlari, bozor tadqiqotlari va konsalting sohasida innovatsion va ekspert yechimlarni taqdim etib kelmoqda. 40 dan ortiq davlatlarda o‘z vakolatxonasiga ega.
Tashrif davomida institutining Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi bilan birgalikda farmatsevtik marketing tadqiqotlarini olib boruvchi laboratoriyani tashkil etish, qo‘shma marketing tadqiqotlarini yo‘lga qo‘yish va ushbu jarayonlarga talabalar va magistrlarni jalb etish, qo‘shma o‘quv kurslarini tashkil etish, va magistratura talabalarining farmatsevtik marketing fani bo‘yicha ta’lim mavzularini qayta ko‘rib chiqqan holda yangi mavzularni va metodologiyalarni shakillantirsh va shu kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
Muhokama yakunida FTTI hamda "Proxima Research" xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi ishlab chiqilishi haqida qaror qabul qilindi.
Munozaralar yakunlangach, mehmonlar Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi mudiri Abror Rahimov boshchiligida institut o‘quv binosi hamda Farmatsiya innovatsiya markazi imkoniyatlari bilan tanishib chiqdilar.
Malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun mavjud shart-sharoitlar "Proxima Research" xalqaro tashkiloti vakillarida yaxshi taasurot qoldirdi.
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
matbuot xizmati