ТАШРИФ

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining zamonaviy o‘quv binosi, undagi o‘quv va ilmiy jarayonlar uchun mavjud shart-sharoitlar xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bir qator kompaniyalar vakillari institut bilan yaqindan tanishish, barcha imkoniyatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish hamda kelajakda hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida institutga tashrif buyurmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarining Rossiya Federatsiyasidagi rasmiy distribyuteri hisoblanmish “Aziya” savdo guruhi vakillari  ham shular jumlasidan.

Bugun kompaniya mutaxassislari O.V.Kaygorodova hamda R.V.Meщeryakov institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.F.Iskandarova boshchiligida o‘quv jarayoni hamda ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar bilan suhbatlashdilar.

Mehmonlarda institutning ilmiy salohiyati va moddiy bazasining mukammalligi katta taasurot qoldirdi.