Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining yagona ilmiy davriy nashri “FARMATSIYA VA FARMAKOLOGIYA” JURNALI chop etila boshlaganiga bir yil bo‘lmoqda. Shu davr orasida o‘nlab mualliflarning xalqaro miqyosda eng yuqori ilmiy va klinik ahamiyatga ega bo‘lgan original tadqiqot ishlari nashr etildi. Bugun quvonchli xushxabar oldik. Jurnalimiz joriy yilning 28 fevralidan kimyo, biologiya, tibbiyot va farmasevtika fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Фармацевтика таълим ва тадқиқот институтида эрта тонгдан байрам шукуҳи ҳукмронлик қилди. Чиройли безатилган фойе, санъаткорларнинг қўшиқлари, энг муҳими кўтаринки кайфият ва эътибор муҳим совға бўлди.

Hozirgi kunda yoshlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri oʻz imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga mos kasbni tanlashdir. Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir.

ТОҒ КЎРКИ. Халқимиз барча дарахтлар каби арча дарахтига кўп меҳр қўяди. У тоғ кўрки. Ривоят қилишларича, оби ҳаёт, яъни тириклик сувини яратган Луқмони Ҳаким, уни ичишга кўнгли бўлмай, идишдаги сувни ёш арча тагига тўккан эмиш. Арча дарахтининг узоқ яшаши ва доим ям-яшил бўлиб туришига сабаб ана шунда эмиш. Ҳозир ҳам ҳатто икки минг ёшга кирган арчалар учрайди. Арча дарахти тинка-мадори қуриган, ҳорғинликда бўлган одамга малҳамлик қилади, арчанинг одамни тинчлантирувчи ажойиб ҳислати борки, бу инсониятни ҳали-ҳамон лол қолдириб келмоқда…

Butun jahon “o‘rgimchak tarmog‘i”-internet jadal rivojlanishi jamiyat uchun minglab qulayliklar hosil qilishi barobarida, firibgarlar qo‘lida jinoyat quroliga ham aylanib ulgurdi. Sir emas, butun yer yuzi aholisi aynan kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmoqda.