Malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi yo'nalishlari

 

Ta'lim yo'nalishi: Malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi yo'nalishlari
 
Daraja: Malaka oshirish
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika ta'lim va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2019 yil 6-may PQ-4310 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda farmatsevtika sohasida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan raqobatbardosh nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatilishini yanada rivojlantirish maqsadida  Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida Farmatsevt kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash  markazi 2021 yilning noyabr oyida tashkil etildi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan  № 015112 raqamli kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati uchun tasdiqnoma berildi. 2021 yilning noyabr oyidan boshlab markaz o'z faoliyatini boshladi.


Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti (FTTI) Malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazida nafaqat farmatsevt kadrlarni malakasini oshirish, balki respublikada ilk bor biotexnologiya, metrologiya, standartlash va mahsulot sifati  menejmenti hamda dorivor o'simliklarni parvarish qilish texnologiyasi (agroekologiya) kabi mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari uchun  kerakli jixozlar taxt qilindi va barcha me'yoriy xujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi va nixoyat 2022 yil yanvar oyidan boshlab ushbu kurslarda o'qitish boshlandi.
 
FTTIning malaka oshirish va qayta tayerlash markazida  quyidagi yo'nalishlar bo'yicha malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslari  mavjud:
 
1. Dorixona muassasalari iqtisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar – 144 soatlik umumiy malaka oshirish kurslari;
 
2. Farmatsevtika amaliyoti dolzarb mavzulari  – 144 soatlik umumiy malaka oshirish kurslari;
 
3. Yaxshi dorixona amaliyoti (GPP) – 36 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslari
 
4. Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) milliy talablariga muvofiq farmatsevtika korxonalarida sifatni ta'minlash
 
5. Dorixonalarda dori vositalarini tayyorlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish – 36 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslari;
 
6. Farmatsevtika bozorida marketing strategiyasi va taktikasi – 36 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslari;
 
7. Farmakoiqtisodiyot (ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil usullari) – 36 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslari;
 
8. Farmatsiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlov kurslari (biotexnologiya, sanoat farmatsiyasi, metrologiya, standartlash va mahsulot sifati hamda dorivor o'simliklarni parvarish qilish texnologiyasi (agroekologiya) yo'nalishlari bitiruvchilari uchun).
 
Bizning markazimizda hozirgi kunda tinglovchilar uchun eng imtiyozli narxlar belgilangan.
 
Markazda farmatsevtika sohasida yetarli tajribaga ega salohiyatli ustozlar - Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti ilmiy maslahatchisi, professor Yunusxodjayev Ahmad Nigmanovich, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligining direktor maslahatchisi, dots.nt Ibragimova Muhabbat Yaxyoyevna, Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti Malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi direktori, professor Iskandarova Shoxista Fehruzovna,  Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti professori Zaynutdinov Xikmatilla Sunnatovich, Malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi dots.ntlari Salyamova Shaxlo Turakulovna, Abdijalilova Zilola Xikmatillayevna, Abduxalilova Nilufar Sabirovna, Islamova Marg'uba Ziyatovna va boshqalar mashg'ulotlarni olib borishmoqda.
 
Kurs yakunida tinglovchilar uchun malaka oshirganliklari to'g'risida  O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi sertifikat beriladi. Bu mutaxassislarni keyingi besh yillikda o'z faoliyatlarini davom ettirish imkonini beradi.