TALABALAR ILMIY JAMIYATINING “TA’LIM TADQIQOTGA – TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI” MAVZUSIDAGI V XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2026 yil 7 may kuni Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Talabalar ilmiy jamiyatining “Ta’lim tadqiqotga – tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi V Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur anjuman Talabalar ilmiy jamiyatining 5 yillik yubileyiga bag‘ishlandi hamda unda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, yosh olimlar va xorijiy mutaxassislar faol ishtirok etdilar. Anjumanning plenar majlisini Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti rektori, professor A.F. Dusmatov ochib berdi. O‘z nutqida rektor Talabalar ilmiy jamiyatining 5 yillik faoliyati davomida erishilgan yutuqlar, talabalarning ilmiy salohiyati, xalqaro va respublika miqyosidagi muvaffaqiyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarni ushbu yubiley anjumani bilan tabrikladi.
Shuningdek, institut ilmiy maslahatchisi A.N. Yunusxo‘jaevning tabrik so‘zlari tinglandi. Unda ilmiy tadqiqotlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Plenar majlisda xorijiy hamkor oliy ta’lim va ilmiy muassasalar vakillari ham ishtirok etdilar. Jumladan:
1. Qozog‘iston Respublikasi, S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq Milliy Tibbiyot Universiteti farmakologiya kafedrasi assistenti, klinik farmakolog shifokor, EMBA magistri — Molayxanov Shoxmurod Anarxanovich;
2. Pokistonning Iqra National University universiteti professori, Farmatsiya kafedrasi asoschisi va mudiri, Sog‘liqni saqlash va hayot fanlari fakulteti dotsent dekani — Prof. Dr. Muhammad Khurram. U 25 yildan ortiq pedagogik va ilmiy-tadqiqot tajribasiga ega bo‘lib, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi;
3. Belarus Respublikasi, Grodno biokimyo va farmakologiya instituti hamda O‘simlik moddalari va biofaol moddalar Akademiyasi vakili, PhD Yuliya Preobrajenskaya anjumanda xalqaro ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Plenar majlis davomida talabalar tomonidan ham dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi. Jumladan:
• Shayxova L.O., Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 1-kurs F-10 guruh talabasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabrdagi O‘zbekiston Parlamenti va xalqiga Murojaatnomasida O‘zbekistonni strategik rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida;
• O‘rinova D.J., Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti farmatsiya yo‘nalishi 5-bosqich 511-guruh talabasi “Farm innovatorlar” klubining faoliyati, yutuqlari va ilmiy-innovatsion loyihalari” mavzusida ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida iqtidorli, ilmiy salohiyatli mahalliy va xorijiy talabalardan 162 nafari og‘zaki ma’ruza bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzalar bo‘yicha 254 ta tezis to‘plam shaklida chop etildi.
Anjuman keng doirada, ya’ni 8 ta sho‘ba kesimida davom ettirildi:
1. Dori vositalarining farmatsevtik texnologiyasi sho‘basi
2. Farmakologiya va klinik farmatsiya sho‘basi
3. Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya sho‘basi
4. Kimyo fanlari sho‘basi
5. Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot sho‘basi
6. Tibbiy-biologik fanlar sho‘basi
7. Ijtimoiy va gumanitar fanlar sho‘basi
8. Fizika, matematika va axborot texnologiyalari sho‘basi
Sho‘balarda talabalar tomonidan ilmiy maqolalar va innovatsion loyihalar taqdim etildi, dolzarb mavzularda fikr almashildi hamda bahs-munozaralar tashkil qilindi. Ma’ruzalar ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va innovatsion yondashuvlari bilan alohida ajralib turdi.
Dori vositalarining farmasevtik texnologiyasi sho‘basi
Rais: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 4-kurs talabasi Yunusxodjaev Dilmurod Elmurod o‘g‘li
Kotib: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 3-kurs talabasi Xoshimjonova Sevinch Shavkatjon qizi
Moderator: Farmatsevtik texnologiya kafedrasi assistenti Ismailova Aziza Baxodirovna
Seksiyada 25 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 4 nafari anjumanda qatnashmadi va 1 nafari onlayn ulanish imkoniga ega bo‘lmadi. Jami 20 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
1. Rustamova Risolat — FTTI Sanoat farmatsiyasi 4-kurs talabasi
2. Rahmonov Shahriyor — FTTI Farmatsiya 5-kurs talabasi
3. Asqarov Miraziz — EMU 3-kurs talabasi
Tibbiy-biologik fanlar sho‘basi
Rais: Rahimov Sadriddin
Kotib: Rahimova Nargiza
Moderator: Rasulova V.B.
Seksiyada 48 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 18 nafari oflayn, 22 nafari onlayn tarzda ishtirok etdilar. Barcha talabalar ma’ruzalarda faol qatnashdilar.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
• 3-darajali diplom: Axmedov M. — Davolash ishi 3-kurs 301-guruh talabasi
• 2-darajali diplom: Kurbanova S. — EMU University, “Davolash ishi” fakulteti 3-kurs talabasi
• 1-darajali diplom: Nusratova Oqila — 2-bosqich DI-201 guruh talabasi
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya sho‘basi
Rais: Jo‘raev Xojiakbar
Kotib: Abzalova E’zoza
Moderatorlar: Maradjapova L.A., Sarvarova D.M.
Seksiyada 29 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 7 nafari qatnashmadi va 5 nafari onlayn ulanish imkoniga ega bo‘lmadi. Jami 17 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
1. Irmuxammedova Sh. — FTTI Farmatsiya yo‘nalishi 2-kurs
2. Ravshanova Yu. — FTTI Farmatsiya yo‘nalishi 5-kurs
3. Abdusamadova Z. — SamDU Biotexnologiya, injenering va farmatsiya fakulteti 3-kurs
Kimyo fanlari sho‘basi
Rais: Azizova Madina
Kotib: Jumaqulova Sevara
Moderator: Azimov Laziz
Seksiyada 22 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 9 nafari qatnashmadi va 10 nafari onlayn ulanish imkoniga ega bo‘lmadi. Jami 10 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
1. Azizova Madina
2. Qurbonboeva Madina
3. Meylieva Sevinch
Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot sho‘basi
Rais: Egamberdieva M.X. — Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi 2-kurs magistratura talabasi
Kotib: Komiljonova M.K. — Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 4-kurs 9-guruh talabasi
Moderator: Rahimov A.A. — Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi mudiri, farm.f.PhD
Seksiyada 28 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 3 nafari qatnashmadi va 2 nafari onlayn ulanish imkoniga ega bo‘lmadi. Jami 23 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi. Ma’ruzalarda dolzarb masalalar ko‘tarilib, bahs-munozaralarga boy muhokamalar olib borildi.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
1. Baxtiyorova S. — Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 5-kurs 12-guruh talabasi
2. Komiljonova M. — Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 4-kurs 9-guruh talabasi
3. Anorqulov O.Z. — Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Davolash ishi fakulteti 3-kurs talabasi
Farmakologiya va klinik farmatsiya sho‘basi
Rais: Mamajonov Nuriddin
Kotib: Quvvatova Zarinabonu
Moderator: Saydivalieva Muyassar Shuxrat qizi
Seksiyada 48 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 10 nafari qatnashmadi va 8 nafari onlayn ulanish imkoniga ega bo‘lmadi. Jami 30 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
1-o‘rin — Mamatqulova Kumush
2-o‘rin — Tursin Albina
3-o‘rin — Nasriddinov Abdulloh
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari sho‘basi
Rais: Muqimjonova Xulkar
Kotib: Lipatova Sabina
Moderator: Shadmanov Kamoliddin Kazakjanovich
Seksiyada 18 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 7 nafari qatnashmadi va 5 nafari onlayn ulanish imkoniga ega bo‘lmadi. Jami 11 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
1-o‘rin — Yuldasheva Dinara
2-o‘rin — Tohirova Laziza
3-o‘rin — Abdukadirova Diyora
Ijtimoiy va gumanitar fanlar sho‘basi
Rais: Islomov Begzod
Kotib: Lapasova Gulshanoy
Moderator: Ismailov K.K.
Seksiyada 14 ta ma’ruzachi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2 nafari qatnashmadi va 1 nafari onlayn ulanish imkoniga ega bo‘lmadi. Jami 11 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi.
O‘ringa sazovor bo‘lgan talabalar:
1. Muxiddinova M. — Institute of Pharmaceutical Education and Research, Pharmacy-102 1-kurs talabasi
2. Kurbanova S.Ch. — EMU University, Davolash fakulteti 3-kurs talabasi
3. Abduraimova M. — Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti Davolash ishi 2-bosqich talabasi
Barcha bo‘limlarda talabalar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda noan’anaviy tarzda taqdim etildi hamda yosh ishtirokchilarning yuqori faolligi bilan ajralib turdi.
Anjumanda taqdim etilgan ilmiy ishlar va innovatsion loyihalarning aksariyati keyinchalik amaliyotga tatbiq etilib, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida g‘olib va faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Institutning 1-prorektori Sh.Z.Umarova hamda Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori Iskandarova Sh.F. so‘zga chiqib, barcha qatnashchilar va g‘olib talabalarni samimiy tabrikladilar.
Shuningdek, Talabalar ilmiy jamiyatining VI xalqaro ilmiy-amaliy anjumani raisi etib Farmasevtik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, Farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ramazonova K.R. ovoz berish yo‘li bilan saylandi.
Tij raisi:
Sanoat farmatsiya yo‘nalishi
22SF3 gurux talabasi Saidov A.S