Farmatsevtika ta’limi va tadqiqot instituti talabasi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
2025-yil 20-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy fan rivojlanishining fundamental va amaliy jihatlari” xalqaro ilmiy maqolalar tanlovida Farmatsevtika ta’limi va tadqiqot instituti Davolash ishi yo‘nalishi II bosqich 201-guruh talabasi Mamatqulova Kumushxon Abduvahidovna muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Talaba Organik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti Ismailova Gulzira Orinbayevnaning ilmiy rahbarligi ostida “Выделение и изучение суммы флавоноидов в молодых листьях полыни горькой (Artemisia absinthium L.)” mavzusida innovatsion ilmiy tadqiqot ishini taqdim etdi. Mazkur ilmiy ishda polyn o‘simligi yosh barglaridagi flavonoidlar majmuasini ajratish va ularning biologik xususiyatlarini o‘rganishga oid muhim natijalar taqdim etildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda talabaning faol ishtiroki yuqori baholanib, Mamatqulova Kumushxon I-darajali diplom va faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq institutimiz talabalari orasida ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqish va tashabbuskorlikning ortib borayotganidan dalolat beradi. Mamatqulova Kumushxonning muvaffaqiyati yosh tadqiqotchilar uchun namunali misol bo‘lib xizmat qiladi.
Farmatsevtika ta’limi va tadqiqot instituti jamoasi Mamatqulova Kumushxon Abduvahidovnani ushbu yuksak yutug‘i bilan tabriklaydi hamda unga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.🎆
🎓TA’LIM – TADQIQOTGA, TADQIQOT – TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!