To`liq ismi: Gulamova Diloba Tulqunovna

Услубчи

Юнусходжаев Ахматхўжа Нигманович

    Institutning ta’lim va tadqiqot ishlariga fan va amaliyotni salohiyatli professor-o‘qituvchilari, xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tibbiyot muassasalarida tahsil olgan va malaka oshirgan vatandosh ekspertlar hamda sohaning yetakchi mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, bugungi kunda institut ilmiy salohiyati 70% ni tashkil etadi. Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilarining ilmiy izlanish natijalari xalqaro indeksatsiyalangan saloxiyatli ilmiy jurnallarda chop etilmoqda. Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti xodimlari tomonidan bir nechta original dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar texnologiyalari ishlab chiqilib, sanoat miqyosiga joriy etilgan (“Nigeprost”, “Piratsin”, “Betayodeksa”, “Askofer”, “Nigelit”, “Kurmufer” va b.) hamda ularga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan ixtiro uchun patentlar olingan. Hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo‘lgan - koronavirus infeksiyasiga qarshi dori vositalari yaratish borasida institut olimlari tomonidan original, yuqori samaraga ega “Antikovir” kapsula dori turi yaratildi. “Antikovir” preparati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinib, tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat olindi, hamda intellektual mulk agentligidan ixtiro uchun patent olinib, ishlab chiqarishga joriy qilindi. Institut professor-o‘qituvchilari sohadagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy ishlarni hamkorlikda olib bormoqdalar. Nufuzli xorijiy oliy ta’lim va tibbiyot muassasalaridan mahalliy hamda xorijiy ekspertlarni, shu jumladan fanlar akademiyasi yetakchi olimlarini keng jalb qilgan holda soha bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash va ilmiy tadqiqot ishlarini o‘zbek, ingliz va boshqa tillarda chop etish ko‘zda tutilgan “Farmatsiya va farmakologiya” ilmiy jurnalini tashkil qilish rejalashtirilgan. Institut yosh olimlari tomonidan olib borilayotgan bir qator izlanishlar himoyaga tayyorlanmoqda.