60910700 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
Mamlakatimiz aholisiga farmatsevtik yordam ko‘rsatish, iste’molchilarning dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshka farmasevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va talablarini qondirish, turli mulkchilik shakllaridagi dorixonalarda farmasevtlar ishini tashkillashtirish zamonaviy farmasevtika tizimida muhim o‘rin tutadi.
Farmatsiya- bu dori vositalari haqidagi bilimlarning farmatsevtik va klinik jihatlarini birlashtirgan amaliy fan. Farmatsevt nafaqat qiziqarli, balki yuqori maoshli mutaxassislik hamdir.
Farmatsevtlar nafaqat yirik dorixonalar tarmog'iga, balki turli dori kompaniyalariga, shuningdek ularning distribyutorlariga ham kerak.
Farmatsevt nafaqat dori vositalarini sotish, balki turli xil malhamlar, tomchilar, aralashmalar va boshqalarni ham tayyorlay olishi kerak. Farmatsevt – ma’suliyatli, mashaqqatli va shu bilan bir qatorda jamiyat sog‘lig‘i uchun eng kerakli kasblardan biri.
Qanday fanlar o‘qitiladi:
Avvalo, farmatsevt kimyogardir. Shuning uchun mutaxassislik bo'yicha o'quv rejasi ko'plab kimyoviy fanlarni o'z ichiga oladi.
Masalan, umumiy kimyo, organik kimyo, toksikologik kimyo, farmatsevtika kimyosi.
Maxsus fanlar orasida biotexnologiya, klinik farmakologiya, tibbiyot va farmatsevtika marketingi, farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti, farmakognoziya, farmakologiya, farmatsevtika texnologiyasi, farmatsevtika informatikasi alohida ahamiyatga ega.
Ishga joylashish imkoniyatlari:
Mutaxassislik bitiruvchilari dorixonalarda, farmatsevtika korxonalarida, farmatsevtika ulgurji omborlarida (bazalarida), nazorat-tahlil laboratoriyalarida, dorixonalar filiallarida, dorixona punktlarida, farmatsevtika korxonalarida, vazirlik va idoralarning dorixonalari va tibbiyot muassasalari rahbarlari, sud-tibbiy ekspertiza byurosida, tibbiy asbob-uskunalarni sotish muassasalarida, giyohvand moddalarni nazorat qilish komissiyalarida va bojxona nazorati xizmatida faoliyat yurita oladilar.
60910800 - Sanoat Farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
Mazkur yo‘nalish farmatsevtika sanoati, asosan farmatsevtika, kimyo-farmatsevtika va biofarmatsevtika ishlab chiqarishlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni nazarda tutadi.
O‘quv jarayonida talabalar farmatsevtika, kimyo-farmatsevtika, biotexnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtiradi.
Dastur farmatsevtika moddalari va tayyor dori shakllarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnik hujjatlar va texnologik reglamentlarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini egallashni;
farmatsevtika va kimyo-farmatsevtika jarayonlari va ishlab chiqarishni qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq milliy va xalqaro hujjatlarga muvofiq amalga oshirishni;
xom ashyo, oraliq mahsulotlar va tayyor mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil etish va o'tkazishni o‘z ichiga oladi
Ta’lim muassasasining tayanch bo‘limlari hisobidan talabalar hamkor tashkilotlarning ishlab chiqarish ob’ektlarida amaliy mashg‘ulotlar va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.
60910200 - Davolash ishi
Davolash ishi yo‘nalishining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda zamonaviy tibbiyot talablariga javob beradigan yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashdir.
Bizning institutimizda faoliyat yurituvchi kuchli ilmiy salohiyat va boy tajribaga ega bo‘lgan yetakchi o‘qituvchilar bergan bilim talabalarimizga dunyodagi eng nufuzli oliy ta’lim maskanlari talabalari bilan bilim, malaka va ko‘nikma borasida raqobatlashishga imkoniyat beradi. Talabalarimizning zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalarida tahsil olishlari va laboratoriyalarda amaliy ko‘nikmalarni shakillantirishlari, shuningdek, yetakchi xususiy klinikalar, davlat shifoxonalari va tibbiyot markazlarida amaliyot o‘tashlari ularga zamon bilan hamnafas bo‘lgan, bugungi va kelajak tibbiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishlariga zamin yaratadi.
Talabalarimizning malakali professor-o‘qituvchilardan bilim olishlari, o‘z ustilarida ishlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularni yuqori malakali kadr bo‘lib shakllantirishiga va kelajakda o‘z o‘rinlarini topish va jamiyatimiz uchun yuqori ahamiyatli mutaxassis bo‘lish imkonini beradi.
Davolash ishi yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng talabalarimiz o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha yetakchi xususiy klinikalarda, birlamchi tibbiyot muassasalarida, davlat tibbiyot muassasalarida ishlashlari yoki tanlagan tor mutaxassislik bo‘yicha keyingi bosqichlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
60910400 - Tibbiy profilaktika ishi
Mamlakatimiz aholisining hayot sifati xalqimizning salomatlik ko‘rsatgichlari bilan belgilanadi. O‘tkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish, epidemiya va pandemiyaga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishda tibbiy profilaktika sohasida faoliyat olib boruvchi shifokorlarning bilim sifati muhimdir.
Institutimizda talabalarning malakali mutaxasis bo‘lib shakillanishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Zamonaviy talab darajasidagi laboratoriya va diagnostika apparatlari bilan jixozlangan auditoriyalar, ta’lim jarayoniga malakali professor-o‘qituvchilarning jalb etilganligi raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.