“FARMATSIYA VA FARMAKOLOGIYA ” JURNALI
Nashr maqsadlari
“Farmatsiya va farmakologiya” Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining yagona ilmiy davriy nashridir.
Jurnal muntazam ravishda yiliga 4 marta (may, avgust, noyabr, fevral) nashr etiladi. Jurnalning organi noshrlik faoliyati litsenziyasi asosida FTTI hisoblanadi.
“Farmatsiya va farmakologiya” jurnalining maqsadi xalqaro miqyosda eng yuqori ilmiy va klinik ahamiyatga ega bo‘lgan original tadqiqot ishlarini nashr etishdan iborat. Tahririyat siyosati Tibbiyot jurnali muharrirlari xalqaro qo‘mitasining “Tibbiy jurnallarda ilmiy maqolalarni ishini yuritish, hisobot berish, tahrirlash va nashr etish bo‘yicha tavsiyalar “International Committee of Medical Journal Editors yo‘riqnomalari”ga asoslangan (2013, http://www.icmje.org/ saytida arxivlangan). |
Open access (ochiq ruxsat) siyosati
Ushbu jurnal jamoatchilikning tadqiqotdan bepul foydalanishi, kengroq global bilim almashinuviga hissa qo'shish tamoyiliga asoslanib, uning mazmuniga ochiq kirish imkonini beradi.
Ochiq ruxsat siyosati Budapesht tashabbusi (Budapest Open Access Initiative) http://www.budapestopenaccessinitiative.org/ qoidalariga asoslanadi. Ilmiy adabiyotlar "ochiq ruxsat"da deganda, biz uning Internetda bepul mavjudligini tushunamiz, bu har qanday foydalanuvchiga ushbu maqolalarning to'liq matnlarini o'qish, yuklab olish, nusxalash, tarqatish, chop etish, qidirish yoki havola qilish, ularni skanerlash imkonini beradi.
Maqola yuborish
Barcha maqolalar “Farmatsiya va farmakologiya” tahririyatiga yuborilishi lozim.
Jurnalning sayti (E-ISSN 2181-3167) orqali maqolalarni yuborishingiz va chop etilgan barcha sonlarni koʻrishingiz mumkin.
Veb-sayt: farmatsiya.uz
Elektron pochta: journal@ftti.uz
Pochta manzili: O‘zbekiston, Toshkent 100140, Yunusobod-19 mavze, 46-48