Zafar muborak! Toshkent shahar bosqichida institutimiz talabalaridan tarixiy natija!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichi
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti uchun haqiqiy zafarlar maydoniga aylandi.
Avvalroq 16-19 yoshlilar o‘rtasida Davolash ishi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Aziz Eshnazarov g‘olib bo‘lgani haqida xushxabar bergan edik. Endi esa navbat 20-25 yoshlilar o‘rtasidagi natijalarga!
Institutimizning nafaqat bilimli, balki innovatsion g‘oyalarga boy 4 nafar talabasi ushbu bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar:
🏆G‘oliblarimiz va ularning innovatsion loyihalari:
Samukjanova Saodat – "Amniotest" loyihasi bilan.
Ilmiy rahbar: Farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ramazonova Kamola Ramazon qizi.
Nabixonov Husan – "Pinella" loyihasi bilan.
Ilmiy rahbar: Tulyasheva Muborak.
Azizova Madina – "BIO-PROTEC" loyihasi bilan.
Ilmiy rahbar: Mamanazarov Murodali.
Ismatullaeva Robiya – "Immun tizimini tiklovchi immunobalzam texnologiyasi" loyihasi bilan.
Ilmiy rahbar: Farmatsevtika fanlari doktori, dotsent Foziljonova Malika Shuxratjanovna.
Ilm va zahmat samarasi
Ushbu g‘alabalar zamirida talabalarimizning tinimsiz izlanishlari va ularning fidoyi ustozlarining zahmatli mehnatlari yotibdi.
Ta’kidlash joizki, bu yil tuman va shahar bosqichlarida qo‘lga kiritgan g‘alabalarimiz soni 17 taga yetdi! Bu natija institutimizda ilmiy muhit naqadar yuqori ekanining yaqqol isbotidir.
Biz barcha g‘oliblarimizni, ularning ilmiy rahbarlarini va yaqinlarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Navbatdagi manzil — Respublika bosqichi!
Vorislarimizga omad yor bo‘lsin!
TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!