Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga akademik almashinguv doirasida tashrif buyurgan Balikesir universiteti professorlari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy laboratoriyalar va o‘quv auditoriyalarini ko‘zdan kechirdilar
Balikesir universiteti professorlari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy laboratoriyalar va o‘quv auditoriyalarini ko‘zdan kechirdilar.
Ayniqsa, institutning zamonaviy texnik bazasi va innovatsion tadqiqotlar uchun mavjud imkoniyatlar turkiyalik mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi.
Professorlar auditoriyalarda talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning bilimga bo‘lgan ishtiyoqi va sohaga oid qarashlarini yuqori baholadilar.
Bu kabi tashriflar kelajakda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashinuvini yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!