FTTI va Balikesir universiteti Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida "Turkiya haftaligi" doirasida xalqaro ilmiy tadbirlar boshlandi. Tashrif doirasida Turkiyaning Balikesir universitetidan bir guruh tajribali professor-olimlar institutimizga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv avvalida institut rahbariyati mehmonlarni qabul qilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni muhokama qildilar. Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi. Mazkur haftalik davomida turkiyalik mutaxassislar tomonidan tibbiyot sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bir qator ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Тurkiyalik olima, Doç. Dr. Ayla Solmaz Avcıkurt "Yeni İlaç Keşfinde Hücre Kültürü Yöntemleri" ("Yangi dori vositalarini ishlab chiqishda hujayra kulturasi metodlarining o‘rni") mavzusida ma’ruza o‘qidi. Samimiy, sodda tilda tushuntirilgan mavzu yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi va ma’ruza davomida tug‘ilgan savollarga batafsil javob olishdi.
Bugun kun davomida turkiyalik olimlar tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Har bir chiqish mazmunan boy, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan bo‘lib, ishtirokchilar uchun muhim ilmiy va amaliy ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turdi. Ma’ruzalar jarayonida zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar hamda yangi g‘oyalar keng yoritildi.
Tinglovchilar olimlarni katta e’tibor bilan tinglab, qiziqarli savollar bilan faol ishtirok etdilar. Ushbu ilmiy muloqot muhiti bilim va tajriba almashish uchun samarali maydon yaratdi hamda barcha ishtirokchilarda ilim-fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!