🌸 Bizda Navro‘z sayli! 🌸
🌺 "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z" shiori ostidagi bayramdan eng issiq lavhalar!
🍲 Viloyatlar taomlari va an’analari bir joyda!
🎓 Talabalarimiz va jamoamiz mahoratiga baho bering.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida azaliy an’anaga aylangan Navro‘z sayli bu yil ham katta shukuh va tantana bilan nishonlandi.
Milliy urf-odatlarimiz, o‘zimizga xos betakror taomlarimiz, jarangdor kuy-qo‘shiqlar va jozibador raqslar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Har bir lahzada xalqimizning boy madaniyati va qadriyatlari yorqin namoyon bo‘ldi.
Talabalarimiz tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari esa tadbirga alohida ruh va mazmun qo‘shdi. Ularning ijodkorligi, sahnadagi ishonchli chiqishlari barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Shuningdek, xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar ishtiroki bayram nufuzini yanada oshirib, yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat tuhfa etdi.
Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ayyomi. Bu qutlug‘ kun institutimiz jamoasini yanada jipslashtirib, qalblarga iliqlik va quvonch ulashdi.
Yurtimizda Navro‘z tantanalari bardavom bo‘lsin!
😎 Ana shu ajoyib tadbirdan esdalik sifatida video lavhani e'tiboringizga taqdim etamiz!
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!