Xalqaro e’tirof sari: FTTI va Qozog‘istonning "ECAQA" markazi o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatildi
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti xalqaro standartlarga mos ta’lim sifatini ta’minlash yo‘lida muhim kelishuvga erishdi. Kuni kecha Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan "Ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatini ta’minlash va akkreditatsiyalash Yevroosiyo markazi" (ECAQA) vakillari bilan masofaviy (Zoom) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shahnoz Ziyatovna Umarova ochib berdi va xorijlik mehmonlarga institutning salohiyati, moddiy-texnik bazasi hamda erishilgan yutuqlari aks etgan maxsus videorolik namoyish etildi.
Muzokaralarda Qozog‘iston tomonidan "ECAQA" bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori Saule Sarsenbayeva hamda ilmiy maslahatchi, tibbiyot fanlari doktori Nuranbetova Farida Nusupjanovna ishtirok etdilar.
Asosiy natijalar: Uchrashuv davomida institutning ikkita asosiy yo‘nalishi — "Farmatsiya" va "Davolash ishi" yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha batafsil savol-javoblar o‘tkazildi. Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishib oldilar. Bu qadam talabalarimiz uchun xalqaro miqyosda tan olinadigan ta’lim sifatiga kafolat beradi.
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!