🎆 Italiya safari muborak bo‘lsin, olima qizlar! ✨

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti qizlari nafaqat go‘zallikda, balki ilm-fan va innovatsiyalarda ham peshqadam ekanliklarini isbotlashdi! 🎓

“PizzaPitch Women” loyihasida ishtirok etgan 60 ta jamoa ichidan faqat 12 tasi finalga chiqqan bo‘lsa, yakunda g‘olib bo‘lgan 5 ta eng kuchli loyihaning 2 tasi bizning talabalarimizga tegishli:

Aziza Shukurova va uning "ToxiMom" loyihasi; 
Saodatxon Samukjanova va uning "Amnio-test" g‘oyasi.

 

Bu muvaffaqiyat zamirida tinimsiz mehnat va fidoiy ustozlarimiz — Nodira Abdulxamitovna Yunusxodjayeva hamda Kamola Ramazonovaning ulkan hissalari bor.

Qizlarimizni Yevropa safari va yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz! Ilm cho‘qqilarini zabt etishdan to‘xtamang!

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!