"Yangi PhD: Glaukomani davolashda pullarni qanday tejash mumkin?"

 

Farmatsevtika sohasida navbatdagi muhim ilmiy himoya: Glaukomani davolashning iqtisodiy samaradorligi tadqiq etildi

Joriy yilning 12 mart sanasida  –
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida soha rivojiga hissa qo‘shadigan muhim ilmiy voqea bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi assistenti, mustaqil izlanuvchi Usmonova Zoya Rustam qizi o‘zining 15.00.03 – "Farmatsevtika ishini tashkil etish" ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Tadqiqot mavzusi: «Glaukoma bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini farmakoiqtisodiy baholash».

Himoya jarayoni tafsilotlari:

Ilmiy kengash yig‘ilishini DSc.06/2025.27.12.Far.25.01 raqamli Ilmiy kengash raisi A.N. Yunusxo‘jaev olib bordi.
Himoya jarayonida rais o‘rinbosari H.S. Zaynuddinov va ilmiy kotib Sh.F. Iskandarova ishtirok etdilar.
Ilmiy rahbar sifatida farmatsevtika fanlari nomzodi Sh.Z. Umarova yosh olimaning izlanishlariga boshchilik qildi.

Tadbirda 21 nafar Kengash a’zolari offlayn va onlayn shaklda ishtirok etib, mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi va amaliy ahamiyatini alohida e’tirof etdilar.

Yuqori e’tirof va mutlaq g‘alaba:

Yosh olima tomonidan taqdim etilgan ilmiy ish barcha Kengash a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi va yuqori baholandi. Natijada, Kengash a’zolarining bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra, Usmonova Zoya Rustam qizi farmasevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga munosib deb topildi.

Tadqiqotning ahamiyati:

Zoya Usmonovaning izlanishlari glaukoma bilan og‘rigan bemorlarni davolashda dori vositalarini tanlashni optimallashtirishga, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishga va davolashning iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti jamoasi Zoya Rustam qizini ushbu zafarli himoya va ilmiy daraja bilan samimiy muborakbod etadi!

 

TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!