FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI XALQARO HAMKORLIKNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQMOQDA
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida yaratilgan sifatli ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda ilmiy izlanishlar olib borish uchun zamonaviy sharoitlar xalqaro ta’lim bozorida keng e’tirof etilmoqda. Institut faoliyati xorijlik konsalting va ta’lim muassasalari vakillarining alohida e’tiborini tortmoqda.
Shu kunlarda ana shunday xalqaro hamkorliklardan biri amaliy natija berdi. Kuni kecha Hindistonda faoliyat yurituvchi PBS Medical Academy konsalting firmasi rahbari Peeyoosh Bharat Saini Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida mehmon bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.
Imzolangan memorandumga muvofiq, kelgusida Hindistonlik talabalarni Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida o‘qitish, ular uchun zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish hamda akademik tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik institutning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, ta’lim jarayonini global standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur tashrif davomida mehmon institutdagi o‘quv laboratoriyalari, ilmiy tadqiqot markazlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ularni yuqori baholadi.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-ta’limiy salohiyatni yuksaltirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lida izchil qadam tashlashda davom etmoqda.
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!