Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti xalqaro e’tibor markazida!
So‘nggi yillarda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish nafaqat mahalliy, balki xorijlik abiturientlar orasida ham jadal oshib bormoqda.
Bu bejiz emas — zamonaviy ta’lim, xalqaro standartlar va ilmiy salohiyat institutimizni jahon maydoniga olib chiqmoqda.
Shu munosabat bilan institutimizga FIVE STAR EDUCATION GROUP direktori Javed Iqbol Xon Lag‘hariy va uning professional jamoasi tashrif buyurdi.
Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, unda institutimiz tomonidan rektor Aziz Fayzamatovich Do‘smatov va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shaxnoz Ziyodovna Umarova ishtirok etdilar.
Muzokaralar davomida Hindiston, Pokiston va arab mamlakatlaridan talabalarni jalb qilish, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma dasturlar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bu tashrif — institutimiz xalqaro maydonda ishonchli ta’lim maskani sifatida tan olinayotganining yorqin isboti.
Oldimizda yangi imkoniyatlar, yangi talabalar va global rivojlanish sari ochilayotgan eshiklar turibdi.
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!