HIMOYA HAQIDA E’LON

2025-yil 25-dekabr soat 14.00 dа

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
Farmatsevtik texnologiya kafedrasining mustaqil izlanuvchisi
Ramazonova Kamola Ramazon qizining 15.00.01- dori texnologiyasi ixtisosligi bo'yicha “Kobalt-30 ni siklodekstrinli kompleksi asosida kapsula dori shaklini olish va standartlash”  mavzusidagi (farmatsevtika fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun DSc.04/30.11.2024.Far.188.01 raqamli ilmiy kengashda  dissertasiya himoyasi bo’lib o’tadi.

Barcha xohlovchilarni ishtirok etish uchun taklif etamiz!

📍 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, faollar zali.