Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirmoqda
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti tashkil topgan kunlardan boshlab Qozog‘iston Respublikasidagi qardosh oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni muntazam rivojlantirib kelmoqda. Bu davr mobaynida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalari mustahkamlanib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida samarali tajriba almashish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Qozog‘istonlik professor-o‘qituvchilar va talabalar turli ilmiy-amaliy anjumanlar, o‘quv seminarlari va ta’limiy tadbirlarda ishtirok etish maqsadida institutimizga tashrif buyurib kelmoqdalar. Shu bilan birga, institutimiz pedagog va talabalari ham Qozog‘istonning nufuzli tibbiyot oliygohlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tash, ilmiy izlanish olib borish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Ayni kunlarda Farmatsevtik boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasining pedagoglari:
👍 Rahimov Abror Adhamovich – kafedra mudiri
👍 Sodiqova Gulchehra Erkinovna – dotsent
👍Sultonova Gulnora Abiljonovna – dotsent
👍Shokirov Mohirjon Muzaffarovich – katta o‘qituvchi
S.D. Asfandiyorov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti bilan tuzilgan memorandum doirasida akademik mobillik dasturi asosida universitet talabalari uchun ma’ruzalar o‘qishmoqda.
Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, farmatsevtika sohasida zamonaviy ta’lim va tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!