“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kuni hamda Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida o‘tkazilgan tantanali kecha haqiqiy bir bayram muhitini yaratib berdi.

Bu galgi tadbirni “katta tantana” deya ta’kidlayotganimiz bejiz emas. Kechaga tashrif buyurgan har bir inson talabalarning nechog‘li puxta hozirlik ko‘rilganini his etdi. 

Yuqori bosqich talabalari bilan bir qatorda 1-bosqich talabalarining ham mas’uliyat bilan, quvonch va ruhlanish bilan tadbirga tayyorgarlik ko‘rgani ularning sahnada namoyish etgan sahnaviy ko‘rinishlarida yaqqol ko‘rindi. Debyut qilayotgan, ammo o‘zini professional kabi tuta olgan yosh san’atkorlarning chiqishlari tomoshabinlarga alohida ta’sir qildi.

Zalda o‘tirganlar she’rxon talabalarning yurakdan, ifodaga boy tarzda o‘qilgan she’rlarini tinglab, Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhiga ko‘milib borishdi. 

💃🏽 Go‘zal raqslar esa ko‘zlarni quvontirdi, sahnadagi har bir harakat tinchlik, birlik va yoshlik zavqini ifoda etdi.

🌈 “Nima gap” jamoasining hazil-mutoyiba bilan to‘lgan sahna ko‘rinishlari barchani bir zumda kulguga burkaniratib, tadbirga yanada samimiylik bag‘ishladi. 

🎸 Gitara jo‘rligida yangragan taronalar esa talabalarimizning faqatgiga bilimda emas, balki san’atda ham iqtidorli ekanini namoyish qildi.

🎤Tantananing eng yorqin daqiqalari esa mehmon sifatida kelgan, yoshlarning sevimli  xonandasi Shoxrux Ergashev sahnaga chiqqanida kuzatildi. U ijrosida yangragan qo‘shiqlar zaldagi barchaga ijobiy ruh bag‘ishlab, tadbirga yanada tantanali, quvonchli tus qo‘shdi. Har bir qo‘shiqqa zal bir tanu bir jon bo‘lib hamohang bo‘lgani yoshlarimizdinng birligi va ijodkorga bo‘lgan samimiy mehrini yana bir bor isbotladi.

Bu kecha nafaqat bayrog‘imiz sharafiga, balki yoshlarimizning iqtidori, birligi va faolligini nishonlagan haqiqiy ma’naviy bayramga aylandi. Shu bois ham “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori tadbirning g‘oyasi emas, balki uning qalbiga aylandi.