🕸 Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida muhim uchrashuv!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ZOOM platformasi orqali Italiyaning nufuzli Cagliari universiteti professori Prof. Simola tomonidan ilmiy leksiya o‘tkazildi.
🧠 Leksiya mavzusi: “Biotibbiyot va farmakologik tadqiqotlarda ultratovush vokalizatsiyalari”
Mazkur mavzu neyroilmiy va farmakologiya sohalaridagi zamonaviy tadqiqotlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarimiz va mutaxassislarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.
🎤 Leksiya yakunida institutimiz professori Prof. Saidov so‘zga chiqib, Prof. Simolaga samimiy minnatdorliklarini izhor etdi. Shuningdek, talabalarimiz tomonidan qiziqarli savollar berildi va mavzu yuzasidan faol muhokama bo‘lib o‘tdi.
Yanada quvonarlisi, Prof. Simola institutimiz jamoasi va iqtidorli talabalarini Cagliari universitetiga tashrif buyurishga taklif etdi! Bu taklif xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv yo‘nalishidagi muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.
📸 Ilmiy taraqqiyot yo‘lidagi bunday hamkorliklar institutimiz uchun faxrli va ilhomlantiruvchi voqea sanaladi!
🎓TA’LIM – TADQIQOTGA, TADQIQOT – TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!