“Imon va ma'rifat yoshlar qalbining nuridir”

 

Bugun Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir muvaffaqiyatli o'tkazildi.

📌 Tadbirni Farmakognoziya va botanika kafedrasi jamoasi tashkillashtirdi.

 Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar ongida ma'rifat, imon, milliy va ma'naviy qadriyatlarni mustahkamlash, ularni haqiqiy vatanparvar va ma'naviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashdan iborat edi.

Tadbirga maxsus mehmon sifatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha prezidaent maslahatchi Marupov Ilhom Islomovich taklif etildi. U o'z nutqida yoshlar hayotidagi imon va ma'rifatning ahamiyati, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash zarurati haqida chuqur fikrlarni bildirdi.

👉 Tadbir davomida yoshlar bilan ma'rifat va imon haqida mazmunli suhbatlar, ochiq muloqotlar o'tkazildi. Yoshlar o'z savollarini berish, o'z fikr va mulohazalarini bildirib, faol ishtirok etdilar.

🔔 Bunday tadbirlar yosh avlodni ma'naviy boyitishda, ularni atrof-muhitga, jamiyatga foydali inson sifatida shakllantirishda katta o‘rin tutadi. “Imon va ma'rifat yoshlar qalbining nuridir” degan so‘z bugungi kunda yanada o‘z ahamiyatini oshirmoqda.

📸 Tadbirdan fotolavhalar va qiziqarli daqiqalar institut ijtimoiy tarmoqlarida  e’lon qilib boriladi.

 

🎓TA’LIM – TADQIQOTGA, TADQIQOT – TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!