Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

 

Bugungi kun — Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutining 1-bosqich talabalari uchun alohida hayajonli va unutilmas kun bo'ldi. Sababi, ular uchun yangi, mas'uliyatli va ilmiy faol hayotning boshlanishi sanaladigan — 2025/2026 o'quv yili aynan shu kunda boshlandi.

🔹 Yangi talabalarni kutib olish maqsadida institut hududida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda institut ta'sischisi, professor A. N. Yunusxo'jaev boshchiligida professor-o'qituvchilar, xodimlar va mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbir an'anaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. 

Shuningdek, professor A.N. Yunusxo'jaev tantanali nutq so'zlab, yangi qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalarini chin qalbdan tabrikladi. Ularga institutda yaratilgan zamonaviy ta'lim va ilmiy imkoniyatlar, moddiy-texnik baza, iqtidorlarni qo'llab-quvvatlash dasturlari haqida so‘zlab berdi.

👨👩👧 Talabalarning ota-onalari ham so'zga chiqib, farzandlari bunday nufuzli ta'lim dargohiga qabul qilinganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ustoz va pedagoglarga samimiy minnatdorliklarini izhor etdilar.

🎤 Tadbir yakunida iqtidorli talabalarimizdan biri — Kuvanova Shahnoza o'z ijrosida Vatanni tarannum etuvchi qo'shiqlarni kuylab, yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti barcha 1-bosqich talabalarini yana bir bor qutlab, ularga muvaffaqiyatli, ilmiy yutuqlarga boy, mazmunli talabalik hayoti tilaydi!

🎓TA'LIM – TADQIQOTGA, TADQIQOT – TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!