Institutimiz talabasi innovatsion oromgohda faol ishtirok etdi
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining "Sanoat farmatsiyasi" yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Fayoza Abduxalimova ilk bor yosh tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan Innovatsion yozgi oromgohda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va o‘z ilmiy loyihasini taqdim etdi.
📌 Ushbu oromgoh yosh tadqiqotchilar uchun noyob imkoniyat bo‘lib, unda Fayoza turli mamlakatlardan tashrif buyurgan xorijlik doktorlar, malakali mentorlar, spikerlar, shuningdek, respublikadagi Yoshlar ishlari bo‘limlari rahbarlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
🔬 Loyiha asosidagi ishtirok doirasida u ilmiy tadqiqotga qiziquvchi yoshlar orasida o‘zining faolligi va bilimga chanqoqligi bilan ajralib turdi.
🎓 Innovatsion g‘oya va faol ishtirok uchun Fayoza Abduxalimova O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
📸 Bu kabi imkoniyatlar — yosh tadqiqotchilarga ilmiy yo‘nalishda rivojlanish, tajriba orttirish va xalqaro aloqalar o‘rnatishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.