Xalqaro hamkorlik doirasida muhim tashrif
Joriy yilning 15 avgust kuni Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga Xitoyning Kunming tibbiyot universiteti (Kunming Medical University) rahbariyati tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut ma’muriyati iliq qarshi oldi hamda samimiy davra suhbati tashkil etildi.
Tashrif doirasida mehmonlarga institutning o‘quv va ilmiy bazasi, zamonaviy laboratoriya hamda simulyatsiya markazlari namoyish etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, tibbiyot va ilmiy tadqiqotlar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar, ilmiy almashinuvlar va stajirovkalar masalalarini muhokama qildilar.
Mazkur muloqot ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.