Samuqjonova Saodatxon "ZIYOLILAR. TALABA" loyihasi g'olibi bo'ldi

 

2025 yilning 5-avgust kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda  Ziyo Forum fondi hamkorligida tashkil etilgan "ZIYOLILAR. TALABA" loyihasida "Farmatsiya" yo'nalishi 4-bosqich talabasi SAMUQJONOVA SAODATXON 4000 dan ortiq nomzod orasidan saralangan 100 nafar iqtidorli talabalar safidan o'rin oldi.  

Respublika miqiyosidagi ushbu loyihada bizning talabalar ikkinchi bor "O'zbekistonning TOP -100 lider talabalari" mukofotiga sazovor bo'lishmoqda. 
2022-yilda iqtidorli talabamiz Dilmurodov Ma'rufjon ham g'olib bo'lib, "O'zbekistonning TOP -100 lider talabalari" Almanaxiga kiritilgan edi.

💐 Biz Saodatxonni ushbu g'alaba bilan chin dildan tabriklab, yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz. 
 
🎓 TA'LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!