Ohangaron yoshlar texnoparkida “InnoX” biznes inkubatorining 6-mavsumi yakuniga yetdi!
Shu munosabat bilan loyihalar taqdimotiga bag'ishlangan “Demo Day” o'tkazildi va unda g'oliblar nomi e'lon qilindi.
Ushbu loyihada Farmatsevtika talim va tadqiqot instituti Sanoat farmatsiya yoʼnalishi 301- guruh talabasi Omonova Ruhina ham ishtirok etdi va faxrli 2-o'rinni egalladi.
Taqdimot yakunida “InnoX” biznes inkubatorining 6-mavsumi ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg'alari, g'olib loyihalarga esa voucherlar topshirildi!