Talabalar ilmiy jamiyatining IV ilmiy anjumani
2025 yilning 22 may kuni Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yiliga bag'ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta'lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi IV ilmiy anjumani bo'lib o'tdi.
Erta tongdan institut hududi anjumanda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bilan gavjum bo'ldi. Ularni milliy liboslarimiz o'zlariga yarashgan talaba qizlar kutib olib, ro'yxatdan o'tkazishdi. Ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun:
O'zbekiston Milliy universiteti
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Toshkent farmatsevtika instituti
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Toshkent davlat stomatologiya instituti
Qo'qon universiteti Andijon filiali,
Toshkent Davlat Transport Universiteti
Emu Universiteti
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti (KIUT)
Alfraganus Universiteti
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari hamda ularning ilmiy rahbarlari tashrif buyurishdi.
Institut faollar zaliga anjuman ishtirokchilari, mehmonlar hamda talabalar jam bo'lishdi. Anjumanni TIJ raisi “Iqtidorli talabalar” bo'limi boshlig'i Foziljonova Malika Shuhratovna ochiq deb e'lon qildi va tabrik uchun institut rektori Do'stmatov Aziz Fayzamatovichga so'z berdi. Aziz Fayzamatovich barcha ishtirokchilarni tabriklab, omad tiladi. Tantanali ochilish marosimidan so'ng plenar yig'ilish o'z ishini boshladi.
Plenar yig'ilishida birinchi bo'lib FTTIning Farmatsiya yo'nalishi 101-guruh talabasi Rasulov O.Sh. “HAR BIR INSONGA O'Z SALOHIYATINI RO'YOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH. O'ZBEKISTON-2030 STRATEGIYASIDAN YOSHLARGA YARATILGAN SHART SHAROITLAR” mavzusida ma'ruza qildi. Ilmiy rahbar “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Ismoilov K.Q.
Shundan so'ng o'z ixtirolari bilan bir qator yutuqlarni qo'lga kiritishga ulugurgan iqtidorli talaba Mamajonov N.N. "KOGNITIV DISFUNKSIYA VA ALSGEYMER KASALLIGI: EKSPERIMENTAL MODELLASHTIRISH VA FARMAKOTERAPIYADAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR" mavzusida ma'ruza qildi. Ilmiy rahbar professor, t.f.d. Saidov S.A.
Institut yoshlar yetakchisi Dilmurodov M. E. Yig'ilganlarga “FARMATSEVTIKA TA'LIM VA TADQIQOT INSTITUTI YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG'ICH TASHKILOTI VA YOSHLAR AKADEMIYASI HUZURIDAGI IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-INNOVATION LOYIHALARI HAMDA ULARNING XORIJIY OTM DAGI AMALIYOTI” mavzusida taqdimot namoyish qildi.
Talabalarning ma'ruzalari ishtirokchilar olqishiga sazovor bo'ldi.
Shundan so'ng, anjuman sho'balar kesimida o'z ishini davom ettirdi.
Ishtirokchilar
1. DORI VOSITALARINING FARMATSEVTIK TEXNOLOGIYASI
2. FARMATSEVTIK KIMYO VA FARMAKOGNOZIYA
3. TIBBIY-BIOLOGIK FANLAR
4. FARMATSEVTIKADA BOSHQARUV VA IQTISODIYOT
5. KIMYO FANLARI
6. FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA
7. FIZIKA, MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
8. IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLAR sho'balarida ma'ruzalar qilishdi.
Barcha ma'ruzalar tinglandi. Bahs munozaralar nihoyasiga yetib, hayajonli daqiqalar vaqti keldi. Sho'balarning ma'sullari kimning ilmiy ishi eng yaxshi ekanini aniqlash uchun uzoq bahslashdilar. Va nihoyat hisobotlar tayyor bo'lib, barcha ishtirokchilar taqdimot marosimiga yig'ildilar.
Sizga taqdim qilgan video lavhamizdan g'olib ishtirokchilar kim ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Yana bir ilmiy anjuman nihoyasiga yetdi. Yangi nomlar kashf qilindi, iqtidorli talabalar safi kengaydi.
Ushbu anjuman kelgusi marralarni zabt etish uchun zinapoya bo'lishiga ishonamiz.