“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi: Respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi
To'rt kun davom etgan ushbu bellashuvlar davomida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar o'z bilim va salohiyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
Bellashuvlar doirasida yoshlar nafaqat ilmiy loyihalarini taqdim etdilar, balki o'zaro tajriba almashish, yangi do'stlar orttirish va ilmiy hamkorliklarni yo'lga qo'yish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
24-may kuni g'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda “Ulug'bek” jamg'armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri, professor Qo'ng'irotboy Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, shuningdek, bir qator oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tanlovning respublika bosqichida
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Sanoat farmatsiya yoʼnalishi 301- guruh talabasi
✅ Omonova Ruhina hamda
Farmatsiya yo`nalishi 2-bosqich F23-04 guruh talabasi
✅ Meylieva Sevinch ham o'z ilmiy loyihalari bilan ishtirok etishdi va
🎆 farmatsiya yo'nalishida g'olib deb topilishdi.
💫 Biz iqtidorli talabalarimizni hamda ularning ilmiy rahbarlari farmatsevtika fanlari doktori Foziljonova Malika Shuhratovna va PhD Turayeva Xurshida Kamalbayevna ushbu g'alaba bilan chin dildan tabriklaymiz.
G'alabalar bardavom bo'lishini tilab qolamiz.
TA'LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!