Samarqandlik yoshlar tashrifi

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bugun Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan hamkorimiz “SPM COMMUNITY OF THE FUTURE” o'quv markazi bitiruvchilari uchun “OChIQ EShIKLAR KUNI” tashkil etildi.

Ko'hna Samarqanddan kelgan mehmonlarni institut jamoasi iliq qarshi oldi.

Institut faollar zalida mehmonlarga  o'quv ishlari bo'yicha prorektor Sh.Z.Umarova institutimiz faoliyati haqida ma’lumot berdi. Shundan so'ng iqtidorli talabalar Kozim Mahamadjonov, Dilnoza O'rinova, Sevinch Hoshimjonova, Sarvinoz Ahmatova  o'zlari erishayotgan yutuqlari, ilmiy loyihalari haqida taqdimot qilishdi.

Dilnoza O'rinova bo'lajak talabalar uchun qiziqarli savol-javob viktorinasi tashkil etdi.

Eng to'g'ri javob bergan 8 talabaga institut esdalik sovg'alari topshirildi.

Shundan so'ng, “SPM” o'quv markazi o'quvchilari to'rt guruhga bo'lingan holda institut o'quv binosi, farmatsiya-innovatsiya markazi hamda vivariyni aylanishdi. Institutda mavjud sharoitlarni o'z ko'zlari bilan ko'rishdi.

Bugungi uchrashuv samarqandlik mehmonlarimizda katta taassurot qoldirdi, deya ayta olamiz. 

Sizni ham  “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbirlarida kutib qolamiz.