“Kitob-bilim manbai”

 

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida  talabalarning ma'naviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida kitob savdo-ko‘rgazmasi tashkil etildi.
“Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu kitoblar ko‘rgazmasiga jahon va o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalari qalamiga mansub 300 dan ortiq badiiy asarlar olib kelindi.
 
kitob savdo ko'rgazmasi institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, aksariyat adabiyotlar mutolaa uchun shu yerning o'zida harid qilindi.